Бош саҳифа Мобил версияси Хира курадиганлар учунАлоқалар

Онлайн сўровнома

Сайтимизда қандай мавзулар ёритилиши керак деб биласиз?

МУРОЖААТЛАР СТАТИСТИКАСИ

2024-yil davomida kelib tushgan murojaatlar soni:
Og`zaki murojaatlar: 3
Telefon / faks orqali: 2
Korporativ web-sayt / e-mail orqali 3
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali: 1
Boshqa usullari orqali: 1
Umumiy soni: 10
Ko’rib chiqilmokda: 2
Javob yuborildi: 8

Обуна бўлиш

Aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir sanada O‘zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil ma’lumot olishga yordam beradi.


Shuningdek, ro‘yxatga olish – aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi.
Natijalar hududlarni rivojlantirish, ayollar va bolalar salomatligini saqlash bo‘yicha ishlarning manzilli amalga oshirilishi uchun ham axborot manbasi bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish tadbirlarini o‘tkazish 2025-2026 yillarga mo‘ljallanyapti. Bu haqda 2024 yil 4 mart kuni Prezident tomonidan imzolangan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-114-sonli qarori bilan tasdiqlangan rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasida Prezident huzuridagi Statistika agentligiga 2025−2026-yillarda aholini ro‘yxatga olish ishlarini tashkil etish vazifasi yuklatilgan.
Yo‘l xaritasida 2024 yil davomida agentlik aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini davom ettirishi belgilab berildi.
Jumladan:
aholini ro‘yxatga olishni aholining keng ommasiga tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanish uchun videorolik, banner, flayer va bukletlar tayyorlash;
2021 yilda o‘tkazilgan sinov natijalari va xalqaro ekspertlarning tavsiyalari asosida aholini ro‘yxatga olish savolnomalari shakllarini takomillashtirish;
xalqaro tajriba va ekspertlar tavsiyalari asosida «Aholini ro‘yxatga olish» axborot tizimini takomillashtirish;
«STATA» amaliy dasturiy paketi litsenziyasini xarid qilish va unda ro‘yxatga olish natijalarining chiquvchi jadvallari namunalarini shakllantirish;
aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy rejasini ishlab chiqish vazifalarini amalga oshirish belgilangan.
Aholini ro‘yxatga olish esa 2025−2026-yillarda o‘tkazilishi, natijalar 2026−2027-yillarda tayyorlanishi va e’lon qilinishi belgilangan.