Бош саҳифа Мобил версияси Хира курадиганлар учунАлоқалар

Онлайн сўровнома

Сайтимизда қандай мавзулар ёритилиши керак деб биласиз?

МУРОЖААТЛАР СТАТИСТИКАСИ

2023-yil davomida kelib tushgan murojaatlar soni:
Og`zaki murojaatlar: 15
Telefon / faks orqali: 12
Korporativ web-sayt / e-mail orqali 5
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali: 1
Boshqa usullari orqali: 12
Umumiy soni: 45
Ko’rib chiqilmokda: 15
Javob yuborildi: 30

Обуна бўлиш

Aholini ro‘yxatga olish dunyo miqyosida mamlakatlarda muntazam ravishda amalga oshirilib kelinmoqda.


Manbalarda keltirilishicha, O’zbekiston hududida 1926, 1939, 1959, 1970, 1979-yillarda va so‘ngi marta 1989 yilda aholini ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirilgan. Mustaqillikdan so‘ng respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbiri birinchi marta 2023 yilda bo‘lib o‘tadi va har 10 yilda amalga oshiriladi.
Respublikamizda demografik jarayonlarning holatini o‘rganishda mamlakat hududida o‘tkaziladigan aholi ro‘yxati ma’lumotlari muhim ahamiyat kasb etib, unda mavjud oilalar soni, aholi soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tug‘ilish, o‘lim kabi demografik jarayonlar haqida ma’lumotlarni to‘plashga yordam beradi. Bu ma’lumotlar ijtimoiy himoya, investitsiya, uy-joy, sog‘liqni saqlash, madaniyat, turizm, ta’lim, yo‘l qurilishi va infratuzilma kabi manzilli dasturlarni tayyorlash va amalga oshirishga xizmat qiladi.
Shuni alohida aytish lozimki, aholini ro‘yxatga olish jarayonida mamlakatda istiqomat qilayotgan barcha O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ro‘yxatga olinadi. Ro‘yxat blankalarini internet orqali, statsionar ro‘yxatga olish uchastkasida yoki ro‘yxatga oluvchilar fuqarolarning yashash manziliga borgan hollarda to‘ldirish mumkin. Blankalarni to‘ldirishda hech qanday pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmaydi. Aholini ro‘yxatga olish jarayonida fuqarolardan olingan barcha ma’lumotlar maxfiy bo‘lib, faqat statistika organlari tomonidan yig‘ma holda foydalaniladi.